Juma namozida kar-soqovlar uchun xona ajratilib, ma’ruza surdo-tarjima orqali yetkazildi
![Juma namozida kar-soqovlar uchun xona ajratilib, ma’ruza surdo-tarjima orqali yetkazildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2574969157.jpg)
Bugungi kunda mamlakatimizda hukumatimiz tomonidan kelajagimiz vorislarini har taraflama yetuk qilib tarbiyalash borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Ayniqsa, imkoniyati cheklangan (kar-soqovlar) shaxslarga zarur shart-sharoitlar yaratib berilyapti. «Adolat» SDP Toshkent shahar Olmazor tumani kengashi, 24-Sag‘bon saylov okrugi deputati Luiza Hikmatova hamda xususiy tadbirkor Muhammadbobur Xodjayev bilan hamkorlikda O‘zbekiston «VETERAN» jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi qoshidagi «IT-ASIA» MChJ «Surdo online Uzbekistan» dasturi orqali poytaxtimizning Olmazor tumanidagi «At-Termiziy» jom’ye masjidida imkoniyati cheklangan (kar-soqovlar) insonlarga namoz o‘qishlari uchun sharoit yaratib berildi.
Ular uchun alohida xona ajratilib, monitorga «Surdo online Uzbekistan» dasturi o‘rnatildi. Surdo-tarjimon masjid imom xatibining ma’ruzasini surdo onlayn tarzda imkoniyati cheklangan insonlarga yetkazib berdi. O‘z o‘rnida 12 iyul kungi juma nomozida «At-Termiziy» imom xatibi Robbimqul Muhammadiyev va juma namoziga yig‘ilgan yurtdoshlarimiz mazkur loyihani joriy etgan sahovatpesha insonlar haqiga duo qilishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter