Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Inkor etmaymiz» — vazir elektr muammosini tan oldi

«Inkor etmaymiz» — vazir elektr muammosini tan oldi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov energiya ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha chiqish qildi.

Vazir hozirgi ob-havo sharoitida jiddiyroq talafotlarning oldini olish maqsadida rejali cheklovlar o‘rnatishga majbur bo‘linayotganini qayd etdi.

«To‘g‘ri, e’tirozlar bor — elektr hammaga ham yetib bormayapti. Juda ko‘p o‘chishlar bo‘lyapti. Lekin biz buni tan olamiz, inkor etmaymiz. Bu bo‘yicha rejali, tizimli ishlar qilib, hozirgiday ob-havo sharoitida cheklovlar kiritgan holda chiqib ketmasak, ertaga bundan-da jiddiyroq talafot bo‘lishi mumkin. Shuning uchun keskin choralar ko‘rishga majburmiz, — deydi vazir.

Soha rahbari Farg‘onaning O‘zbekiston tumanidagi sement zavodi ishchilarining internetda tarqalgan jamoaviy murojaatiga ham munosabat bildirdi.

«Hamma biladiki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bor, g‘isht zavodlari, yangidan qurilayotgan sement zavodlar barchasi ko‘mir, ya’ni alternativ yoqilg‘ida ishlashi kerak. Hozir bu zavodni tabiiy gazga kim ulagan, kim ruxsat bergan, buni alohida o‘rganib chiqamiz. Lekin korxona rahbarlari shartnoma shartlariga ko‘ra vaqtida ogohlantirilgan. Ishchilar bilan tegishli targ‘ibot ishlarini olib borishi kerak edi», – dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring