Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST vaksina bepushtlikka sabab bo‘lishi haqidagi taxminlarga izoh berdi

JSST vaksina bepushtlikka sabab bo‘lishi haqidagi taxminlarga izoh berdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 ga qarshi emlashlar inson DNKsining o‘zgarishiga olib kelishi yoki reproduktiv funksiyaga ta’sir qilishi mumkinligi haqidagi taxminlarni rad etdi.

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Immunizatsiya va vaksinalar departamenti direktori Keyt O‘Brayen bayonot berdi. Bayonot 7-fevral kuni yakshanba kuni tashkilotning rasmiy Twitterdagi sahifasida joylashtirildi.

«Biz emlayotgan vaksinalar bepushtlikni keltirib chiqarmaydi. Bu turli xil vaksinalar atrofida tarqalgan bu kabi mish-mishlar haqiqat emas. Birorta vaksina bepushtlikni keltirib chiqarmaydi», dedi u.

O‘Brayen, shuningdek, COVID-19ga qarshi emlashlar inson DNKsining o‘zgarishiga olib kelishi va tarkibidagi kimyoviy moddalar sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlarni ham rad etdi.

«Bizdagi vaksinalar umuman xavfsizdir»,- dedi O‘Brayen.

Uning ta’kidlashicha, aksariyat vaksinalar o‘zlari maqsad qilgan mikrobning oqsilini yoki kichik qismini yetkazib beradigan tarzda yaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring