JSST koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha yangi strategiya ishlab chiqdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bugun, 15-aprel kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishning yangilangan strategiyasini omma e’tiboriga havola etdi.
Media briefing on #COVID19 with @DrTedros. #coronavirus https://t.co/gnY5tw6pVX
— World Health Organization (WHO) (@WHO) April 15, 2020Ushbu hujjat prezident Donald Tramp AQSh JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatishini e’lon qilganidan so‘ng chiqdi.
«Biz COVID-19 haqida oxirgi oylarda ko‘p narsalarni bilib oldik — virusni yuqtirish bo‘yicha holatlarni qanchalik tez aniqlasak, testdan o‘tkazsak, infeksiyaga chalinganlarni ajratib qo‘ysak va ularga kerakli muolajani ko‘rsatsak virusning tarqalishi qiyinlashadi. Bu tamoyil insonlar hayotini saqlab qoladi, pandemiyaning salbiy iqtisodiy oqibatlarini yumshatadi. Fursatni boy bermaslik kerak. JSSTning bor e’tibori barcha odamlarga xizmat qilish, ularning hayotini saqlab qolish va COVID-19 pandemiyasini to‘xtatishga qaratilgan», — dedi JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus «Twitter»dagi bayonotida.
U AQShning tashkilotga badal to‘lashni to‘xtatish qarorini achinish bilan qabul qilganini ham bildirdi. Gap yuzlab million dollar haqida ketyapti.
JSSTning yangi strategiyasi 28 sahifadan iborat. Unda davlatlarga COVID-19 tarqalishining oldini olish, kasallarni aniqlash, ular muloqot qilganlarni topish hamda virus tadqiqotlari borasida xalqaro miqyosda hamkorlik qilishning JSST nuqtai nazaridan eng samarali deb topilgan usullari tavsiya etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter