Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST: dunyoda koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi

JSST: dunyoda koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi

Foto: «Yandex.com»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) raisi Tedros Adxanom Gebreyesus dunyoda koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ma’lum qildi.

«Biz sog‘liqni saqlash sohasida odamlarni favqulodda vaziyatlar sharoitida himoya qilishga odatlanganmiz, biroq COVID-19 pandemiyasi shunchaki favqulodda holatlar doirasidan chiqib ketdi», — dedi u Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 73-sessiyasidagi nutqida.

Tashkilot rahbari pandemiya boshqa yuqumli kasalliklar bilan qarshi kurashga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlagan.

Shuningdek, Gebreyesus COVID-19 vaksinasiga «xususiy tovar emas, global ne’mat» deb qarashga chaqirdi.

Koronavirus pandemiyasi qariyb butun dunyoni zabt etdi. Jami kasallanganlar soni 50 million kishidan oshib ketdi, ulardan 1,2 million nafari vafot etdi. Eng ko‘p yuqtirish holatlari AQSh, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring