JSST Belarusni karantin va komendantlik soati o‘rnatishga chaqirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkodan mamlakatda karantin va komendantlik soati joriy etishni so‘radi, deb yozmoqda «Argumenti».
Lukashenkoning javobi o‘z usulida bo‘ldi: siyosiylashgan bu tashkilot (JSST) Belarusni yoqtirmaydi.
Prezident JSST missiyasi mamlakatga kelib ketganini esga oldi.
«Ular (tashkilot vakillari haqida) bormagan joy qolmagandi, palatalargacha kirib chiqishdiki, buni kutmagandim. Ko‘p maslahat berishdi, karantin, hatto komendantlik soati joriy etishimizni aytishdi», — dedi prezident.
Lukashenkoning aytishicha, JSST missiyasi Belarusda koronavirus bo‘yicha vaziyat «xuddi hukumat bayonot bergani bilan bir xil» degan xulosaga kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter