Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jozibador biznes muhitini shaklantirish asosiy vazifa

Jozibador biznes muhitini shaklantirish asosiy vazifa

Biznes ombudsman tomonidan Toshkent viloyatidagi qator  sohalarda faoliyat yuritayotgan “China toweles“, “Shanghai ming tuo” MChJ QK  va boshqa bir qator qo‘shma korxona ta’sischilari  bilan xorijiy  davlatlarning tajribasi  va  respublikamizda chet ellik investorlar uchun yaratilayotgan biznes muhit  to‘g‘risida  muntazam fikr almashish yo‘lga qo‘yilgan.

Shu maqsadda  respublikamizda tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik va jozibador  biznes muhitini yaratish bo‘yicha Biznes Ombudsman ishtirokida o‘tkazilgan xalqaro seminar trening va panel sessiyalarida 1000 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etgan bo‘lib, ularning  aksariyat qismini  chet ellik investorlar va ularning vakillari tashkil  etdi.

Biznes Ombudsman tomonidan o‘tkazilgan bu tadbirlarda  xorijiy investorlar  so‘nggi vaqtlarda respublikamizda  xususiy mulk  daxlsizligini ta’minlashning  xuquqiy asoslari yaratilayotganligini alohida e’tirof etmoqdalar.

Shuningdek bu formatda  o‘tkazilayotgan uchrashuvlar investorlarning muammolarini eshitib ularga yechim topish bilan bir qatorda bu boradagi ilg‘or davlatlarning  tajribasini o‘rganish va amaliyotga  joriy etishda  o‘z samarasini bermoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring