Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yilgi saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi

Joriy yilgi saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi

Bir muddat oldin Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari saylovi joriy yilning 27-oktyabriga belgilangani hamda bugun, 26-iyul kunidan boshlab saylov kampaniyasi boshlangani haqida xabar berilgan edi.

Qayd etilishicha, ushbu saylovlar Konstitutsiyada belgilab berilgan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda o‘tkaziladi. Ya’ni, O‘zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash saylov tizimi, ya’ni majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkaziladi.

Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, ya’ni saylovchilaraniq shaxslarga ovoz berishi yo‘li bilan, qolgan 75 nafari esa, proporsional tizim bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishadi.

Shuningdek, barcha darajadagi saylov komissiyalari faoliyati, ularning saylov jarayonlari ishtirokchilaribilan o‘zaro munosabatlarito‘liq raqamlashtirildi. Endilikda saylov tartibotlaridagi byurokratiya, ortiqcha vaqt sarfi va hujjatlar harakati qisqartirildi.

Saylov qonunchiligi ilg‘or demokratik standartlarga mos ravishda tubdan takomillashtirildi. Jumladan, saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi boshchiligidagi yangi tizimi joriy etildi, siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foizbo‘lishi belgilandi. Bundan tashqari, deputatlikka nomzod saylanish uchun saylovchilarning nisbiy ko‘pchiligi ovozini olishi belgilandi. Unga ko‘ra, nomzod tegishli saylov okrugida boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz to‘plagan taqdirda deputat bo‘lib saylanishi mumkin bo‘ladi va shu orqali takroriy ovoz berishni tashkil etish talab etilmaydi.

Qolaversa, saylov yangilangan Konstitutsiya mustahkamlagan kuchli parlamentarizm va joylarda vakillik organlarining vakolatlari sezilarli darajada kuchaytirilgan sharoitda o‘tmoqda. Xususan, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa, 12 tadan 18 taga ko‘paytirildi. Parlamentning ijro etuvchi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar faoliyati ustidan nazorat funksiyalari kengaytirildi. Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilishi bekor qilindi. Davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida avval hokimlar vakolatida bo‘lgan 33 ta vakolatlar mahalliy Kengashlarga o‘tkazildi.

Saylovda Qonunchilik palatasining 150 nafar deputati, Senatning 65 nafar a’zosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 65 nafar deputati, viloyatlar va Toshkent shahar, 208 ta tuman (shahar) Kengashlari deputatlari saylanadi. Shunga ko‘ra, 30 mingga yaqin nomzodlar, 90 mingga yaqin ularning ishonchli vakillari saylov jarayonida faol ishtirok etishi hamda 120 mingdan ortiq saylov komissiyalari a’zolari tashkilotchi sifatida, 70 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarishtiroki kutilmoqda.

Saylovning mamlakat hayotidagi alohida o‘rnini e’tiborga olib, ushbu jarayonda fuqarolarni keng jalb etish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 27-oktyabrdagi saylov «Mening tanlovim – obod Vatanim» shiori ostida o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring