Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yilgi «Haj» mavsumiga 124 ta charter reyslar rejalashtirilgan – Uzbekistan Airways

Joriy yilgi «Haj» mavsumiga 124 ta charter reyslar rejalashtirilgan – Uzbekistan Airways

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi bilan birgalikda «Haj-2024» dasturi doirasida joriy yilning 23-may kunidan boshlab Saudiya Arabistoniga charter yo‘lovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi.

Bu haqda mahalliy aviakompaniya axborot xizmati rahbari Dilorom Kaimbayeva ma’lum qildi.

«Haj» dasturi bo‘yicha marosimlarni bajarish istagida bo‘lgan ziyoratchilar ertadan, ya’ni 23-maydan 7-iyunga qadar, O‘zbekistonning 10 ta mintaqaviy xalqaro aeroportlaridan, xususan, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlaridan Saudiya Arabistonning Madina shahriga yetkaziladi.

Jiddadan O‘zbekiston shaharlariga qaytuvchi parvozlar esa 22-iyundan 12-iyulga qadar bajarilishi rejalashtirilgan.

Aviakompaniya va O‘zbekiston Musulmonlari idorasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, joriy yilda jami 124 ta charter yo‘lovchi parvozlarini amalga oshirib, 15 130 nafar ziyoratchilarni tashish rejalashtirilgan. Barcha aviaqatnovlar Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring