Joriy yil «Tashabbusli budjet» uchun 2,0 trln so‘m ajratiladi
AOKAda Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Tashabbusli budjet» loyihasining amalga oshirilishi, navbatdagi mavsum tahlili yuzasidan ma’lumot berildi.
2023-yilda «Tashabbusli budjet» uchun jami 2,0 trln so‘m mablag‘ ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 1 trln so‘mi 1-mavsumda ajratiladi.
2023-yil boshiga mahalliy budjetlarda shakllangan erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizi mahalliy hokimliklar tomonidan Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
«Tashabbusli budjet» loyihasi bo‘yicha joriy yil birinchi mavsumi doirasida taklif kiritish jarayonlari yakunlanib, hozirda tuman/shahar ishchi komissiyalari tomonidan moderatsiya jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, shunda 1-mavsum uchun Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalarida jami 1,7 trln so‘m mablag‘ shakllanishi ko‘zda tutilmoqda.
Umuman olganda, jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarni moliyalashtirish uchun 2023- yilda budjetdan jami 8 trln so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi mo‘ljallangan.
Sohalar kesimida eng ko‘p hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha14,7 mingta loyiha ilgari surilgan, bu jami loyihalar soniga nisbatan 26 foizni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter