Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yilning o‘tgan davrida yog‘ning 68 foizi Rossiyadan kelgan

Joriy yilning o‘tgan davrida yog‘ning 68 foizi Rossiyadan kelgan

Bugungi Elektron ommaviy axborot vositalarining milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ochiq muloqot «Respublika aholisini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narxlar barqarorligini saqlash» mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda so‘ngi paytlar yog‘ mahsulotlarining qimmatlashi bilan bog‘liq e’tirozli xabarlarga izoh berildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘simlik yog‘i narxlari keskin o‘sganligi jamoatchilikda keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1 litr o‘simlik yog‘i o‘rtacha 18 ming so‘mdan, 24 ming so‘mgacha sotilayotganligi qayd etilgan.

Joriy yil o‘tgan davrida import yog‘ geografiyasi bo‘yicha 68 foiz import hajmi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Natijada, qo‘shni davlatlarda ichki bozor himoya qilinishi, eksport bojlari oshirilishi bizning bozorda narx oshishiga ta’sir etgan. Rossiyadan import qilingan 1 tonna o‘simlik yog‘i narxi 2020 yilda o‘rtacha 900 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yil aprel oyiga kelib 1 270 dollarni tashkil etdi, narxlarning o‘rtacha o‘sishi – 41 foiz. Bundan tashqari, Xalqaro ekspertlar bahosiga ko‘ra, bu yili kungaboqar hosili dunyoda o‘tgan yilga nisbatan 9,3 foizga kam bo‘lgan.

Dunyoda o‘tgan 2019–2020 hosil yilida 54 680 ming tonna, 2020–2021 hosil yilida 49 603 ming tonna kungaboqar olingan.

O‘zbekistonga o‘simlik yog‘ini asosiy eksporteri bo‘lgan Rossiyada esa hosil 13,3 foizga kamaygan. Rossiyada 2019–2020 hosil yilida 15 305 ming tonna, 2020–2021 hosil yilida 13 269 ming tonna kungaboqar olingan. Joriy yilning I choragida 55,8 ming tonna o‘simlik yog‘i import qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 ming tonna ko‘p.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring