Jo‘qorg‘i Kenes Raisi Murat Kamalov ishdan ketgani bo‘yicha xabarlar izohlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesi Raisi Murat Kamalov lavozimini tark etgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Nigoh kanali yozishicha, bu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Murat Kamalov 1955-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotga ega huquqshunos sifatida ko‘p yillar mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2020-yil sentyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputati etib, 2- oktyabr kuni Jo‘qorg‘i Kengesning davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tgan navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida Jo‘qorg‘i Kenges raisi etib saylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter