Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jondordagi bog‘cha avariya holatida ham bolalarni qabul qilmoqda

Jondordagi bog‘cha avariya holatida ham bolalarni qabul qilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi 25-MTM binosi avariya holatiga kelib qolgan. Lekin bog‘cha shu ahvolda ham bolalarni qabul qilmoqda. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro viloyat IHHQJ birlashmasi, matbuot axborot va jamoatchilik bilan ishlash sektori mutaxassisi Uchqun Tursunov ma’lum qildi. 

Tursunovning aytishicha, respublika va mahalliy OAVlardagi tanqidlardan so‘ng binoda qisman ta’mirlash ishlari olib borilgan, lekin bog‘cha baribir to‘liq ish holatida emas, devorlarda yoriqlar mavjud. 

«Bu holat faqatgina Buxoro viloyat IHHQJ birlashmasi yoki Jondor tuman IHHQJ bilan hal etiladigan muammo emas. Tuman elektr tarmoqlari, «G‘arbgaz UKning Jondor tuman bo‘limi, tuman SENM bo‘limlari bilan kelishgan holda muassasada holatni yaxshilashga qaror qilindi» deydi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring