Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jomboy tumani «to‘rtligi» ham ishdan olindi

Jomboy tumani «to‘rtligi» ham ishdan olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 26-iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyat, tuman va shahar sektorlar rahbarlari, viloyat faollari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, sektorlar faoliyati tanqidiy tahlil etildi, deb xabar bermoqda «Zarnews.uz».

Majlis yakunlari bo‘yicha Jomboy tumani hokimi Umid Nazarov, uch sektor rahbarlari – tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi va soliq inspeksiyasi boshliqlari ham ishdan olingan.

Avvalroq Samarqand tumani «to‘rtligi» ham ishdan olingani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring