«Jo qayerda?» Ijtimoiy tarmoqlarda Bayden o‘lgan degan mish-mishlar tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarning amerikalik foydalanuvchilari o‘rtasida «Bayden o‘lgan» degan mish-mishlar tarqalmoqda — gap shundaki, AQSh prezidenti necha kundirki ommaga ko‘rinish bergan emas, prezidentlik poygasidan chiqishini ham yozma ifodalagandi.
«Agar bugun ertalab xalqqa murojaat qilayotgan tirik Jo Baydenning videosini ko‘rmasak, u o‘lgan yoki o‘lim to‘shagida yotibdi. Boshqacha tushunish mumkinmas», — dedi yozuvchi Darla Shayn.
«Xabarlarga ko‘ra, Jo Baydenni so‘nggi marta omma oldida 17-iyul kuni ko‘rishgan. O‘shanda unda «koronavirusni aniqlashgan» va bir hafta Delaverda karantinda bo‘lishini aytishgan. Bu Trampga suiqasd uyushtirilganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. Amerika bilishni istaydi: Jo qayerda?» — degan savolni o‘rtaga tashladi jurnalist Kayl Bekker.
«Nega OAV Jo Baydendan kameralar qarshisiga chiqishini talab qilmayapti? Nega Kongress talab qilmayapti?!» — dedi qizishib YourVoice America boshlovchisi Bill Mitchell.
AQSh prezidentining X (Twitter)dagi rasmiy akkauntidagi oxirgi postga qoldirilgan fikr (komment)larda Baydendan bugungi gazeta bilan suratga tushishni talab qilishmoqda. Ushbu taklifni qo‘llovchilar soni 20 mingdan oshib ketdi.
Oq uy ma’muriyati prezidentning o‘limi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib, Bayden dushanba kuni mas’ullar bilan milliy xavfsizlik bo‘yicha virtual formatda uchrashuv o‘tkazganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter