Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Baydenda saraton aniqlandi

Jo Baydenda saraton aniqlandi

Foto: Instagram/joebiden

AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenga «prostata saratonining agressiv formasi» tashxisi qo‘yildi, deb xabar berdi The New York Times. Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, tashxis 16-may qo‘yilgan.

CNN yozishicha, Baydenning o‘sma kasalligi suyaklariga ham tarqalgan.

«Garchi bu kasallikning agressiv formasi bo‘lsa-da, saraton gormonlarni sezuvchanga o‘xshaydi, bu esa uni samarali davolash imkonini beradi», — deyiladi Baydenning matbuot kotibi bayonotida.

Uning aytishicha, Bayden va oilasi davolash usullarini shifokorlar bilan maslahatlashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring