Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Bayden qirol Charlz IIIning taxtga chiqish marosimini o‘tkazib yuboradi

Jo Bayden qirol Charlz IIIning  taxtga chiqish marosimini o‘tkazib yuboradi

Prezident Jo Bayden qirol Charlz IIIning yaqinlashib kelayotgan toj kiyish marosimida qatnashmaydi. Uning o‘rniga AQShning birinchi xonimi Jill Bayden marosimga boradi.

Bayden 4 aprel kuni telefon orqali qirol Charlz III ni tabrikladi va «kelajakda qirol bilan Buyuk Britaniyada uchrashish istagini» bildirdi, — deyiladi Oq uy bayonotida.

Qirolning toj kiyish marosimi 6 may kuni Londondagi Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tadi. Bu toj kiyish Yelizaveta II taxtga o‘tirgan 1953 yildan beri birinchi marta bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Duayt Eyzenxauer ham toj kiyish marosimida qatnashmagan.

Kecha, 4 aprel kuni Bukingem saroyi qirol va qirolicha turmush o‘rtog‘i surati hamda toj kiyish marosimiga taklifnomani e’lon qildi. Taklifnoma 2000 dan ortiq mehmonlarga yuborildi.

Marosim uch kun davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring