Jo Bayden Yevropaga safarini boshladi
29-oktyabr, jumaga o‘tar kechasi Rimdagi Fyumichino xalqaro aeroportiga AQSh prezidenti Jo Baydenning samolyoti kelib qo‘ndi. U Italiyaga Yigirmalik (G20) davlatlari rahbarlarining yuzma-yuz uchrashuvida qatnashish uchun tashrif buyurdi.
Baydenning safar doirasidagi birinchi uchrashuvi Vatikanda bo‘ladi — Rim papasi Fransisk AQSh prezidentini juma kuni qabul qiladi.
AQSh davlat rahbarining Rimdagi asosiy uchrashuvlaridan biri ham bugunga belgilangan — Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bayden, shuningdek, Italiya prezidenti Serjo Mattarella va bosh vaziri Mario Dragi bilan uchrashadi.
G20 sessiyasining iqtisodiyot va boshqa xalqaro masalalar bo‘yicha tadbirlari shanba va yakshanba kunlariga belgilangan. Shundan so‘ng AQSh prezidenti BMTning iqlim masalalariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi konferensiyasida ishtirok etish uchun Glazgo (Shotlandiya)ga uchib ketadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter