Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi Sergey Lushchan bilan shartnoma imzoladi
Kecha Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi murabbiy Aleksandr Mochinov bilan shartnomani bekor qilgani haqida yozgan edik.
«So‘g‘diyona» rahbariyati yangi murabbiy tayinlash borasida ham hayallamadi va jamoaga «Bunyodkor»ning sobiq murabbiyi Sergey Lushchanni taklif etdi.
Ma’lum qilinishicha, Lushchan jamoada o‘z yordamchilari bilan birga ishlaydi. Shu paytga qadar «So‘g‘diyona» murabbiylar shtabida ishlagan Timur Turdiyev va Mikola Shevchenkoning javobi berilgan.
«So‘g‘diyona»ning 11-aprel kuni o‘tkaziladigan «Navbahor»ga qarshi o‘yiniga Sergey Lushchan boshlab boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter