Jizzaxning sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi
![Jizzaxning sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_4280873205.jpg)
Hukumat qarori (51-son, 04.02.2021-y.) bilan Akbar Safarovich Shukurov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – «O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish» unitar korxonasi direktori etib tayinlandi.
Jizzax shahar hokimi lavozimida ishlagan Akbar Shukurov shu yilning yanvar oyida «boshqa lavozimga o‘tganligi munosabati» bilan ishdan bo‘shatilgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter