«Jizzaxdan Amerikaga yo‘l rejasi» barbod bo‘ldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Forish tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro A.X. fuqaro U.U.ning ishonchiga kirib, uni 17 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga Meksika davlati orqali yuborishini aytib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter