Jizzaxdagi ko‘mir omborida jinoyat sodir etildi
Zarbdor tumanida aholiga imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holati aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Ko‘mir ta’minot» MChJning Zarbdor ko‘mir ombori mudiri B.B va boshqalar aholiga imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan 2 346 tonna ko‘mirni go‘yoki tumandagi 851 ta xonadonga imtiyozli narxda sotilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, amalda ko‘mirni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga naqd pulga sotib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Andijon va Farg‘onada ombor mudirlari ushlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter