Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda «oilaviy pudrat»ga aylangan maktab fosh etildi

Jizzaxda «oilaviy pudrat»ga aylangan maktab fosh etildi

Foto: Xabar.uz

Budjet mablag‘larini o‘zlashtirib kelgan ona-bola maktab direktorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Fuqaro F. B. va boshqalarning Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati mutaxassislar ishtirokida o‘rganildi.

Bu haqda Antikorrupsiya agentligi ma’lumot byerdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu maktab direktori V.M.O. o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda aslida maktabda ishlamagan turmush o‘rtog‘i O.A. ga ovoz berish operatori sifatida 2019/2023 yil 1 mayga qadar 47,3 mln so‘m, shuningdek, 2014 yilda ishdan bo‘shagan D.H. ga esa 2016 yilga qadar 22.9 mln so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni noqonuniy to‘lab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring