Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi
IIV Tezkor-qidiruv departamenti axborot xizmati xabariga ko‘ra, «Hududgaz Jizzax» filiali qurilish va ta’mirlash bo‘limi boshlig‘i «Jizzax neftgaz stroy» MChJ rahbari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaroga Zafarobod tumani hududida «Jizzax neftgaz stroy» MChJ nomiga baliqchilik faoliyatini rivojlantirish uchun 10 yil muddatga ijara asosida ajratilgan 40 gektar hamda o‘zining yeriga tutash bo‘lgan yana 24 gektar yer maydonini jami 800 mln so‘mga sotishga kelishgan.
Kelgusida davlat o‘rmon xo‘jaligi balansidagi 130 gektar yer maydonini o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi vakolatli tanishlari orqali olib berishi evaziga 10 ming AQSh dollari berishni so‘ragan.
13-mart kuni Jizzax viloyati IIB TQX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar shaxs Jizzax shahrida joylashgan mehmonxonada kelishilgan pullardan 300 mln so‘mini oldindan bo‘nak sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Do‘stlik tumani bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter