Jizzaxda hayvonlarni tiriklay kuydirgan shaxs xitoylik bo‘lib chiqdi
Jizzax viloyati, Zafarobod tumani Chimqo‘rg‘on QFYda joylashgan «Xuaxin» sement zavodi ishchisi kiyimidagi shaxsning kuchuk bolasini kuydirayotgani haqida xabar berilgandi.
Zafarobod tumani IIB xodimlari tomonidan ushbu xabar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, mazkur holatni sodir etgan shaxs Xitoy Xalq Respublikasida tug‘ilgan, «Xuaxin» o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasida mexanizator bo‘lib ishlovchi Man Ming ekanligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Zafarobod tuman IIB hodimlari tomonidan Man Mingning hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 111-moddasida (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) ko‘rsatilgan xuquqbuzarlikni sodir etganligi tufayli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter