Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda hamshira o‘z hamkasblarini qiyin ahvolga solib qo‘ydi

Jizzaxda hamshira o‘z hamkasblarini qiyin ahvolga solib qo‘ydi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali hamshirasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qayd etilishicha, Jizzax shahrining «Jizzaxlik» mahallasida istiqomat qiluvchi L.A. bir necha hamkasbining ishonchiga kirib, ularning nomiga turli banklardan kredit rasmiylashtirib olgan.

Jumladan, Sharof Rashidov tumani Ziyokor mahallasida yashovchi L.E.ning nomiga 10 million so‘m, shu tumanning Qulama mahallasida istiqomat qiluvchi G.R.ning nomiga ikkita bankdan 38 million so‘m, yana shu tumanning Qo‘shbarmoq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi T.B.ning nomiga 11 million so‘m, Jizzax shahrining Olmazor mahallasida yashovchi G.J.ning nomiga 16 million so‘m kredit olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Tabiiyki, jabrlanuvchilar huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilishgan. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring