Jizzaxda yer qimirladi

O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 24.02.2023 16:12 da (24.02.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 11:12 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Epitsentr: Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani. Zilzila koordinatalari: 39,97 gradus shimoliy kenglik; 67,74 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 190 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Sharof Rashidov tumanida 2-3 ball, 13 km.
- Jizzax shahrida 2-3 ball, 18 km.
- Baxmal tumanida 2 ball, 27 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter