Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda bir oilaning 8 nafar a’zosi oziq-ovqat mahsulotidan zaharlandi

Jizzaxda bir oilaning 8 nafar a’zosi oziq-ovqat mahsulotidan zaharlandi

Foto: «Botanichka.ru»

2019 yil 8 fevral kuni Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida yashovchi M.P. (ismli ayol) o‘z uyida oila a’zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan marinadlangan pomidor mahsulotini iste’mol qilgan va natijada 8 nafar kishi zaharlangan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Zaharlanganlarning 5 nafariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Uch nafari kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, uy sharoitida tayyorlangan tuzlama mahsulotlarini iste’mol qilishda hamisha hushyor bo‘ling, avvalo uning iste’molga yaroqlilik holatiga alohida e’tibor qarating!»,-deyiladi IIV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring