Jizzax hokimi stipendiyasi ta’sis etildi: talabalarga har oyda 1 mln. so‘mdan va boshqa imtiyozlar beriladi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 563-sonli qarori bilan Jizzax shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining filiali tashkil etildi.
Filial binosi sifatida Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kolleji tanlab olindi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga xabar berishicha, bugungi kunda bu yerda mazkur OTMga abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni davom etmoqda.
Qayd etilishicha, viloyatdagi universitet filialiga hujjat topshirib talabalik sharafiga musharraf bo‘lganlarga imtiyozlar ham joriy etilmoqda. Xususan, O‘zMU Jizzax filialida o‘qiydigan talabalarga yaratiladigan imtiyozlar quyidagilardan iborat:
- Filialda to‘liq «5» bahoga o‘qiydigan talabalar uchun 1 mln. so‘mdan viloyat hokimining stipendiyasi beriladi;
- Bir yilda bir marotaba barcha talabalar uchun qishgi va yozgi kiyimlar bir marotaba bepul beriladi;
- kontrakt asosida o‘qiydigan («5» baho oluvchi) talabalar uchun kontrakt mablag‘i homiylar tomonidan to‘lab beriladi;
- Yotoqxonada yashaydigan talabalar uchun nonushta, tushlik va kechki ovqat 4 yil mobaynida homiylar tomonidan yetkazib beriladi;
- Filialga qabul qilingan talabalar hamda darslarni yuqori saviyada o‘tkazib, yaxshi natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar bir yilda bir marotaba Yaponiya, Rossiya va Janubiy Koreyada bir oy malaka oshirib qaytadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter