Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyatida o‘zgarish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-maydagi qaroriga binoan Sharifjon Fuzailovich Mo‘minjonov O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Kecha, 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov vazirlikda o‘tgan yig‘ilishda Sharifjon Mo‘minjonovni vazirlik jamoasiga tanishtirdi hamda yangi lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi.
«Sharifjon Mo‘minjonov o‘ziga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik izhor qilib, vatan ravnaqi, keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va tajribasini ishga solishga va’da berdi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter