Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jismoniy tarbiya va sport vaziriga maslahatchi tayinlandi

Jismoniy tarbiya va sport vaziriga maslahatchi tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Rasulov Zokir Pardayevich Jismoniy tarbiya va sport vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi.

U faoliyati davomida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlarda Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash bo‘limi boshlig‘i, vazir yordamchisi kabi lavozimlarda ishlagan.

Ma’lumot uchun: davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

- vazirlikda ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlarning ijrosini tashkil etadi;
- ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini tanqidiy o‘rganadi, bu borada aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
- davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etadi;
- ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish choralarini ko‘radi;
- hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etadi;
- davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring