Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vladimir Jirinovskiyning vafot etgani tasdiqlanmadi

Vladimir Jirinovskiyning vafot etgani tasdiqlanmadi

Foto: Regnum

Rossiyaning bir qator OAVlari LDPR partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy vafot etgani haqida yozishmoqda. Ma’lumotni senator Pronyushkin tasdiqlagan, biroq o‘lim va uning sabablari haqda yetarlicha ma’lumotlar ommaga oshkor qilinganicha yo‘q.

Xususan, hozircha «Lenta.ru» Jirinovskiyning o‘limi haqida yozgan bo‘lsa, «RIA Novosti» ushbu xabarni inkor qilib chiqmoqda. Nashrning qayd etishicha, siyosatchining ahvoli stabil, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi rahbari koronavirus infeksiyasini boshidan o‘tkazganlar kasallik oqibatlaridan xalos bo‘lish uchun kasalxonada davolanayotgan edi.

Jirinovskiy o‘zining munozaralarga sabab bo‘luvchi nutqlari bilan xalqaro jamoatchilikka yaxshi tanish edi. Bundan avvalroq ham uning vafoti haqida xabarlar tarqalgan, ammo oqibatda barchasi yolg‘on bo‘lib chiqqan edi.

Rus siyosatchisi 1946 yilning 25 aprel kuni Olmaotada tug‘ilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring