Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jirinovskiyning partiyasi siyosatchining o‘limi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

Jirinovskiyning partiyasi siyosatchining o‘limi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

Rossiya liberal-demokratik partiyasi markaziy apparati partiyaning amaldagi rahbari Vladimir Jirinovskiyning o‘limi haqidagi mish-mishlarga ishonmaslik kerakligini aytdi.

Bu haqda partiya a’zolariga yuborilgan hujjatga tayanib, Ura.ru Telegram kanalida xabar berildi.

Liberal-demokratik partiya vakillariga ko‘ra, «xalq oldida partiyani obro‘sizlantirishni istagan firibgarlar ko‘paygan».

«Fitnachilar partiya a’zolariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini Liberal-demokratik partiya markaziy apparati xodimlari sifatida tanishtirib, Vladimir Jirinovskiy vafot etganini aytishmoqda. Biz rasman e’lon qilamiz — bu yolg‘on!»,—deyiladi hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, 9 fevral kuni Jirinovskiy koronavirus tufayli shifoxonaga tushgani ma’lum bo‘lgandi. Uning ahvoli og‘ir deya baholangan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring