Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jirinovskiy kovidga qarshi uch martalab emlandi

Jirinovskiy kovidga qarshi uch martalab emlandi

Rossiya LDP rahbari Vladimir Jirinovskiy koronavirusga qarshi uch marta emlanganligini tan oldi. U bu haqda «Govorit Moskva» radiostansiyasi efirida ma’lum qilgan.

U yana bir vaksina qabul qilishga tayyorligini ta’kidladi. Bundan tashqari, u nazal preparatdan foydalanishga hozirligini bildirgan.

«Men uch martalab emlandim. To‘rtinchi vaksinani qabul qilaman. Uchinchisida ukol oldim, ammo antitanachalar yetarli bo‘lmasa, burunga dori tomiziladi. Shu tariqa bu ishni bir yilda to‘rt marta bajargan bo‘laman», — dedi siyosatchi.

Jirinovskiy hech kimga COVID-19 yuqtirmasligini ta’kidladi. U foydalangan preparatlar nomini oshkor qilmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring