Jirinovskiy shifoxonaga tushib qolgani aytildi
Rossiyalik siyosatchi, LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Moskvadagi Markaziy klinik shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda RIA «Novosti» ma’lum qildi.
Avvalroq OAVda Jirinovskiy koronavirusning omikron shtammini yuqtirgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
So‘nggi paytlarda siyosatchi butunlay g‘oyib bo‘ldi va uzoq vaqt davomida omma oldida ko‘rinish bermadi.
Ammo Jirinovskiyning shifoxonaga yotqizilgani u yetakchilik qiladigan partiya tomonidan tasdiqlanmagan.
«U o‘zini yaxshi his qilmoqda. Men sizga faqat shuni ayta olaman. U o‘z ishini davom ettirishi mumkin», — degan partiya matbuot xizmati rahbari Aleksandr Dupin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter