Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jirinovskiy koronavirus haqida: «Xitoymas, O‘rta Osiyo mamlakatlari xavfliroq»

Jirinovskiy koronavirus haqida: «Xitoymas, O‘rta Osiyo mamlakatlari xavfliroq»

Foto: «Kremlin.ru»

LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy dunyoda koronavirus tarqab borayotgan sharoitda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Rossiya chegaralarini yopish taklifini kiritdi. Uning aytishicha, bu borada hatto Xitoy ham uncha xavfli emasmish.

«Biz uchun hatto Xitoyning o‘zi ham bunchalik xavflimas — u yerga kirgan ham, chiqqan ham qattiq tekshiriladi, o‘rta osiyolik qo‘shnilarimizdan esa qo‘rqish kerak. Ularning tibbiyoti ham, nazorati ham yaxshimas, ammo fuqarolari tinmay Xitoyga va Rossiyaga qatnaydi. Shuning uchun ham xuddi Xitoy bilan bo‘lgani kabi O‘rta Osiyo mamlakatlari bilan ham chegaralarni yopishishimiz shart», — deb yozdi Jirinovskiy telegram-kanalida.

Jirinovskiy bu o‘lkalardan migratsiyani to‘xtatish lozimligini ham qistirib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya iqtisodiyotiga jabr bo‘ladi, ammo odamlar omon qoladi.

Ma’lumot uchun: rus siyosatchisi Vladimir Volfovich Jirinovskiy 1946 yilda Qozog‘istonning Olmaota shahrida tug‘ilgan.

O‘zing kimsan deydigan odam yo‘q...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring