Jirinovskiy Belarusni Rossiyaga birlashtirish yo‘li haqida gapirdi
Rossiya Belarusga qo‘shin kiritmasdan, balki mafkuraviy, siyosiy yo‘l bilan uni o‘ziga birlashtirishi kerak, dedi Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy «Rossiya 1» telekanalida efirga uzatiladigan «Vladimir Solovyov bilan» tok-shousida.
Jirinovskiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bir qator sabablarga ko‘ra Rossiya o‘z qo‘shinlarini Belarusga kiritishi ma’qul emas, «shuning uchun Rossiya taqdim etilgan ssenariy bo‘yicha Belarusni o‘z yo‘liga o‘tkazish sa’y-harakatlariga e’tiborini qaratishi lozim».
«Iqtisodiyot, huquqni muhofaza qilish, razvedka, mafkura nuqtai nazaridan Rossiya bilan barcha pozitsiyalarda yaqinlashish. Rossiyaga qarshi tashviqotni butunlay olib tashlash uchun. Rossiya vaziyatga aralashishga urinayotgani haqidagi bayonotlarni yo‘qotish uchun... Rossiya hech narsaga aralashmaydi...», – dedi Jirinovskiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter