Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoyatlarda gumonlanayotgan shaxs qidirilmoqda

Jinoyatlarda gumonlanayotgan shaxs qidirilmoqda

Foto: Toshkent viloyati IIBB

1995-yil 8-mart kuni Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan O‘ralov Muhammad Muhiddinovich (taxalluslari «Abu Muaz», «Abu Muaz Shomiy», «Abu Muaz O‘zbekiy») qidirilmoqda, deb xabar berildi Toshkent viloyati IIBB telegram-kanalida.

Alohida belgilari: bo‘yi 175-180 sm, o‘rtacha gavdali, dumaloq yuzli, qora sochli, peshonasi keng, qoshlari yoysimon, ko‘zlari qora-qisiq, burun va quloqlari o‘rtacha.

«Ushbu shaxs O‘zbekiston Respublikasi JKning 244(1) va 244(2)-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarda gumonlanmoqda. U muqaddam Toshkent shahri Sergeli tumani 4-mavze «Sofdil» MFY 22-uyda yashagan.

U haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz 712313232, 712314708, 712332130, 712313433 telefon raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz.

Xabar bergan shaxsning ma’lumoti va shaxsi sir saqlanishi hamda rag‘batlantirilishi kafolatlanadi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring