Jinoyat qidiruv tezkor vakili xonadonga bostirib kirdi. U uy egasini jarohatlab 12.000 AQSh dollarini olib chiqib ketgan

Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari hisobot bermoqda.
Huquq-tartibot organlari va nazorat idoralari xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining 26 tasi ichki ishlar, 1 tasi MIB organlari xodimlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur jinoyat ishlaridan 11 tasi sudga yuborilgan.
Bu haqda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari 2022 yilning 10 oyida poytaxt hududida qonuniylik holati va jinoyatchilik ahvoli hamda qiynoq masalalari yuzasidan hisobotida ma’lum qildi.
Xususan, 2022 yil 28 martda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 1-son IIB JQB tezkor vakili A.Topilov, tanishi U.Nurmuxamedovning chaqiruvi asosida Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi, 29-uyga yetib borib, xizmat vakolati doirasidan chetga chiqib, K.Ziyayevning uyiga noqonuniy kirib, uni haqoratlab va urib tan jarohatlari yetkazgan hamda xonadondan 12.000 AQSh dollarini yashirin ravishda olib chiqib ketgan bo‘lsada, biror-bir hujjat rasmiylashtirmagan.
Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 1-son IIB JQB tezkor vakili A.Topilovga JKning 206-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilingan va jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Bundan tashqari, tekshirish natijalariga ko‘ra 38 nafar huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmasdan, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi uchun ularga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter