Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi sudyasi vafot etdi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonov 45 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Shavkatjon Shodmonovning bevaqt o‘limiga koronavirus infeksiyasi asoratlari sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter