Jidda shahridagi qabristonda portlash sodir bo‘ldi
Jidda shahridagi qabristonda portlash natijasida ikki kishi jarohatlandi.
Shahar ma’muriyatining aniqlik kiritishicha, jabrlanganlar orasida Gretsiya konsulligi xodimi va Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlari xizmatchisi bor.
Portlash bugun ertalab, Birinchi jahon urushi tugaganiga bag‘ishlangan marosim paytida yuz bergan. Tadbirda Fransiya, Gretsiya, Italiya, Buyuk Britaniya va AQSh vakillari ishtirok etishgan.
«Fransiya ushbu teraktni qat’iyan qoraladi, uni oqlab bo‘lmaydi», — dedi Fransiya TIV. Ular aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirishgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda asfaltda qon izlari bo‘lgan qabristondan olingan suratlar paydo bo‘ldi. Shunga qaramay, Saudiya Arabiston hukumati dastlab G‘arb ommaviy axborot vositalarining portlash haqidagi xabarlarini tasdiqlamadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter