«Jenoa» hujumchisi A Seriyaning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Italiya A Seriyasi futbolchilar assotsiatsiyasi rasmiy tvitteri yanvar oyining eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Tribuna».
Unga ko‘ra, «Jenoa» forvardi Mattia Destro A Seriyaning yakunlangan oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Oy laureati A, B, S Seriya jamoalari sardorlari o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra aniqlangan.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli italiyalik hujumchi A Seriya joriy mavsumida 16 o‘yinda 9ta gol muallifiga aylandi. Shundan 5tasi yanvar oyida kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter