Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2034: Saudiya Arabistoniga omad kulib boqmoqda

JCh-2034: Saudiya Arabistoniga omad kulib boqmoqda

Avstraliya 2034 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun da’vogarlik qilmaydi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi (FFA) sayti xabar berdi.

«Biz jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza berish imkoniyatini o‘rganib chiqdik va barcha omillarni hisobga olgan holda, 2034 yilgi musobaqa uchun kurashmaslik haqida xulosaga keldik», — deyiladi FFA bayonotida.

Buning o‘rniga FFA 2026 yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi va 2029 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun kurashmoqchi.

Oktyabr oyi boshida FIFA Osiyo va Okeaniya davlatlarini JCh-2034 mezbonligiga davogar bo‘lishga taklif qildi. Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi darhol taklif yuborishini ma’lum qildi. Saudiyaliklarning raqibi Avstraliya bo‘lishi kutilgandi.

Keyinchalik Daily Mail 2034 yilgi Jahon chempionatini Saudiya Arabistonida o‘tkazish allaqachon «kelishib» bo‘linganini xabar qildi.

The New York Times jurnalisti Tariq Panya Saudiya Arabistoni JCh-2034 uchun yagona da’vogar bo‘lib qolganini ta’kidladi. Gap shundaki, 31 oktyabr turnirni o‘tkazishga ariza berishning oxirgi muddati.

Eslatib o‘tammiz, 48 jamoa ishtirokidagi 2026 yilgi turnirga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. 2030 yilda jahon chempionati o‘yinlari Argentina, Ispaniya, Portugaliya, Urugvay, Paragvay va Marokashda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring