Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2022. Saudiya Arabistonidan bu safar omad yuz o‘girdi

JCh-2022. Saudiya Arabistonidan bu safar omad yuz o‘girdi

Birinchi turda Argentinani dog‘da qoldirib, sensatsiya qayd etgan Saudiya Arabistoni ikkinchi turda mag‘lubiyatga uchradi.

Bu safar saudiyaliklardan omad yuz o‘girdi: penaltidan gol kiritilmadi, bir qancha qulay vaziyatlar ko‘kka sovurildi. Polsha esa ikki vaziyatda gol kiritishning uddasidan chiqdi va g‘alabani ilib ketdi.

JCh-2022. S guruhi. 2-tur

Polsha – Saudiya Arabistoni 2:0

Gollar: 1:0 – 39 Zelinski, 2:0 – 82 Levandovski.

Polsha – Shchensni, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski, Zelinski (Kaminski, 63), Frankovski, Krixovyak, Belik, Levandovski, Milik (Pentek, 71).

Saudiya Arabistoni – Al-Ovays, Abdulhamid, Al-Bulayxi, Al-Amri, Al-Bureyk (Al-G‘anam, 65), Ad-Dovsari, Kanno, Al-Malki (Al-Obod, 85), An-Naji (Al-Obid, 46), Al-Bureykan, Ash-Shahri (Ad-Dovsari, 86).

Polsha ushbu g‘alabadan keyin guruh peshqadamiga aylanib oldi. Saudiya hozircha 2-o‘rinda bormoqda. Guruhdagi ikkinchi uchrashuv Argentina va Meksika o‘rtasida tunda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring