JCh-2022 o‘tkaziladigan yangi stadion ochildi: «Haqiqiy san’at asari»
Qatarda 2022-yilgi jahon chempionati o‘tkaziladigan futbol stadionlaridan biri foydalanishga topshirildi. Bu poytaxt Dohadagi «Al-Tumama» stadioni.
Me’mor Ibrohim Jayda loyihasi bo‘yicha qurilgan stadion shaklan arab erkaklarining bosh kiyimi — gufiyaga o‘xshash. Tribunalari 40 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. «Al-Tumama» — JCh-2022 o‘yinlarini o‘tkazish uchun qurilayotgan sakkizta stadionning beshinchisi.
FIFA prezidenti Janni Infantino yangi sport inshootiga yuqori baho berdi. «Al-Tumama» stadioni — haqiqiy san’at asari», — uning so‘zlarini keltirmoqda TASS.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilgi Jahon chempionati 21-noyabrdan 18-dekabrgacha Qatarning beshta shahridagi sakkizta stadionda bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter