Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2022. Germaniya Ispaniya bilan bahsda «jon saqlab qoldi»

JCh-2022. Germaniya Ispaniya bilan bahsda «jon saqlab qoldi»

Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatining E guruhida 2-tur o‘yinlari yakunlandi. 

Birinchi uchrashuvda yaponlarga kutilmaganda yutqazib qo‘ygan Germaniya terma jamoasi Ispaniya bilan o‘ta muhim bahsda to‘qnash keldi.

Ikkinchi bo‘limda Morataning goliga nemislar javob qaytara olishdi. Shu orqali Germaniyada guruhdan chiqishga imkoniyat saqlanib qoldi.

Ispaniya — Germaniya 1:1
Gollar: Morata (62) — Fullkrug (83).

Ispaniya – Simon, Karvaxal, Laport, Rodri, Alba (Balde, 82), Buskets, Pedri, Gavi (Uilyams, 66), Olmo, Asensio (Koke, 66), Ferran Torres (Morata, 54). 
Germaniya – Noyer, Kerer (Klostermann, 70), Ryudiger, Zyule, Raum (Shlotterbek, 87), Gundo‘g‘an (Sane, 70), Goretska, Kimmix, Myuller (Fyullkrug, 70), Gnabri (Hofmann, 85), Musiala.
Ogohlantirishlar: Kerer (37), Buskets (44), Goretska (58), Kimmix (60).

Avvalroq Kosta-Rika Yaponiyani minimal hisobda yenggandi.

Endi so‘nggi turda Ispaniya (4) Yaponiyaga (3) qarshi o‘ynasa, Germaniya (1) Kosta-Rika (3) bilan bahslashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring