JCh-2018ning eng yaxshi o‘yini. Super Ispaniya, fantastik Ronaldu (video)

Jahon chempionati «V» guruhidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuvda Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari g‘oliblik uchun kurashdilar.
Shu vaqtgacha bo‘lib o‘tgan o‘yinlar ichida bu bahs futbolchilarning mahorati va jamoalarning darajasi bo‘yicha avvalgilaridan yaqqol ajraldi. Ispanlarning super texnikasi, kombinatsiyalari portugallarning tezkor qarshi hujumlari, Ronalduning fantastik o‘yini bilan qorishib, ajoyib shou hosil qildi. Jahon chempionatlarini aynan shunday o‘yinlar bezaydi.
Uchrashuvda ikki bor hisobda ortda borishiga qaramay, ispanlar o‘zini tiklab, g‘alaba qozonishga yaqin keldilar. Ammo ularning qarshisida Krishtianu Ronaldu bor edi va u mag‘lubiyatga uchrashni istamadi. Uning xet-trigi dramatik bahsda jangovar durangni ta’minladi.
Portugaliya – Ispaniya 3:3 (2:1, 1:2)
Gollar: 1:0 – 4, penalti Ronaldu, 1:1 – 24 Diyego Kosta, 2:1 – 44 Ronaldu, 2:2 – 55 Diyego Kosta, 2:3 – 58 Nacho, 3:3 – 88 Ronaldu.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Vilyam Karvalyu, Moutinyu, Gonsalu Gedesh (Andre Silva, 80), Bernardu Silva (Kuarejma, 69), Brunu Fernandesh (Joau Mariu, 68), Ronaldu.
Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Nacho, Ramos, Buskets, Koke, Isko, Silva (Vaskes, 86), Inesta (Alkantara, 70), Diyego Kosta (Aspas, 77).
Ogohlantirish: Buskets (17), Brunu Fernandesh (28).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter