JCh-2018. Belgiya Angliyani yana mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 3-o‘rin uchun kechgan bahsida Belgiya va Angliya o‘zaro bahs olib bordi.
Bu jamoalar mundialning guruh bosqichida ham to‘qnash kelishgandi va unda belgiyaliklar kichik hisobda g‘alaba qozongandi.
Bugungi bahsda ham Belgiya hisobni ochdi. Chap qanotdan Nosir Shadli tomonidan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Toma Mene darvozaga yo‘lladi.
Ikkinchi bo‘limning 82-daqiqasida Eden Azar hisobni yiriklashtirdi. Angliya esa o‘zi yuzaga keltirgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadi.
Shu tarzda Belgiya terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta JCh bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Belgiya - Angliya 2:0.
Gol: Toma Mene (5, 1:0), Eden Azar (82, 2:0).
Belgiya: 1.Tibo Kurtua, 5.Yan Vertongen, 4.Vensan Kompani, 2.Tobi Alderveyreld, 15.Toma Mene, 17.Yuri Tilemans (19. Mussa Dembele, 79), 6.Aksel Vitsel, 22.Nosir Shadli (3. Tomas Vermalen, 39), 7.Kevin De Bryuyne, 9.Romelu Lukaku (14. Dres Mertens, 60), 10.Eden Azar.
Zaxira: 8. Maruan Fellayni, 11. Yannik Ferreyra Karrasko, 12. Simon Minole, 13. Koen Kastels, 16. Torgan Azar, 18. Adnan Yanuzay, 20. Dedrik Boyata, 21. Mishi Batshuayi, 23. Leander Dendonker.
Angliya: 1.Jordan Pikford, 16.Fil Jons, 5.Jon Stounz, 6.Garri Maguayr, 12.Kiran Tripper, 3.Denni Rouz (7. Jessi Lingard, 46), 4.Erik Dayer, 17.Fabian Delf, 21.Ruben Loftus-Chik (20. Dele Alli, 84), 9.Xarri Keyn, 10.Raxim Sterling (19. Markus Reshford, 46).
Zaxira: 2. Kayl Uoker, 8. Jordan Xenderson, 11. Jeymi Vardi, 13. Jek Batlend, 14. Denni Uelbek, 15. Tim Kexill, 18. Eshli Yang, 22. Trent-Aleksandr Arnold, 23. Nik Pop.
Ogohlantiriglar: Jon Stounz (52), Aksel Vitsel (90).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter