Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Angliya – Xorvatiya. Bugungi o‘yin anonsi

JCh-2018. Angliya – Xorvatiya. Bugungi o‘yin anonsi

Foto: «fifa.com»

Rossiyada o‘tayotgan Jahon chempionatidi kecha ilk finalchi aniqlandi. Bugun ikkinchi yo‘llanma uchun Angliya va Xorvatiya kurash olib boradi.

Angliya – Xorvatiya

11-iyul, Moskva, Lujniki stadioni. 23:00.

Bosh hakam  — Junayt Chaqir (Turkiya).

Angliya va Xorvatiya terma jamoalari o‘z tarixida sakkiz bor uchrashishgan. Oxirgi to‘rttasi saralashlar doirasida kechgan: Yevro-2008da Xorvatiya qanday qilib Angliyani turnirdan qoldirib yuborganini yaxshi eslasangiz kerak. O‘sha saralashda xorvatlar uy va safar o‘yinida ham g‘alaba qozonishgan. JCh-2010da esa intiqom olinadi: bu safar inglizlar Xorvatiya jamoasini ikki o‘yinda ham yengib, JChdan quruq qoldirgandi.

Xorvatlarga bugungi o‘yinda oson bo‘lmaydi. Jamoa pley-offning ikki o‘yinini ham penaltilar seriyasigacha olib borishdi va katta kuch yo‘qotishdi. Qisqa vaqt ichida jamoaning to‘liq tiklanishga ulgurganiga ishonish qiyin. Bundan tashqari jamoada jarohatlanganlar bor. O‘ng qanotning asosiy himoyachisi Sime Vrsalko jarohat sabab jamoasiga yordam bera olmaydi. Shuningdek, o‘tgan o‘yinda darvozabon Daniel Subashich va himoyachi Deyan Lovren jarohat olgandi, biroq ular tiklanishgan va bugun asosiy tarkibdan joy olishadi.

Garet Sautgeytda bu darajada muammolar yo‘q. Angliyaliklar tarkibi yo‘qotishlarga  uchramagan va bugun barcha futbolchilar jamoasining finalga yo‘l olishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor.

Taxminiy tarkiblar:

Xorvatiya: Subashich – Chorluka, Lovren, Vida, Strinich – Brozovich, Rakitich – Rebich, Modrich, Perishich – Mandjukich

Angliya: Pikford – Uoker, Stounz, Maguayr – Tripper, Alli, Xenderson, Lingard, Yang – Sterling, Keyn

Qiziqarli faktlar:

  • Xorvatiya bir chempionatda ikkita penaltilar seriyasilda ustun kelgan ikkinchi jamoa bo‘ldi. Bunday natijaga 19901yili Argentina (Yugoslaviya va Italiyani yenggan) erishgandi.
  • Ushbu chempionatda xorvatlarning sakkiz futbolchisi gol urishga erishgan. Bu ko‘rsatkichda faqat Belgiya (9) oldinroqda.
  • Angliya yirik turnirlarda avvalgi  uch yarim final bahslarini boy bergan (Yevro-96, JCh-90 va Yevro-1968).
  • Harri Keyn 1974-yildan buyon JChda 7 gol urgan ilk yevopalik futbolchi bo‘lishi mumkin. Hozir uning hisobida 6ta gol bor.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring