Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 Jazoni ijro etish joylarida jami 48 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan – IIV

 Jazoni ijro etish joylarida jami 48 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan – IIV

Bugungi deputatlik saylovlarida hibsxona va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan 40 468 kishi ishtirok etadi. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, qamoqda saqlash va jazoni ijro etish joylarida jami 48 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili yangilangan Konstitutsiya og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun qamoq jazosini o‘tayotgan, shuningdek, muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga saylovlarda ovoz berishni ko‘zda tutadi. Ushbu fuqarolarning ovoz berish huquqi faqat sud qarori bilan cheklanishi mumkin.

Saylovoldi tashviqoti davrida deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari jazoni ijro etish joylarida 100 dan ortiq tadbir o‘tkazishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring